LATIFALAR.UZ
@latifalaruz

www.latifa.uz — сайтининг норасмий канали.
2391  
LATIFALAR.UZ
2018-12-31 

Барчангизни кириб келган янги йил билан табриклаймиз!

2019 йилда барчангизга саломатлик, омад, хайрли ишларингизда ривож тилаймиз. Қалбингиздан қувонч, оилангиздан шоду-ҳуррамлик асло аримасин. Йил давомида @latifalaruz билан табассум қилинг!!!
Бизни латифаларни ўқиганлар 100 ёшга кириб юрсин! Ўқимаганлар эса 99 га...!
💥 @LATIFALARUZ 💥 | www.latifa.uz
LATIFALAR.UZ
2018-10-08 

Qamoqda oʻtirgan mahbus xotinidan xat oldi. Oʻqib chiqqach, kameradoshlari undan soʻrashdi:

— Xotining nima deb yozibdi?
— E, oʻgʻlim yana beshinchi sinfda qoladigan boʻpti… Oilamizni rossa sharmanda qildi yaramas.
💥 @LATIFALARUZ 💥
Manba: © www.latifa.uz sayti.
LATIFALAR.UZ
2018-10-08 

Agar o‘ng oyoqni paypog‘i, chap oyoqni paypog‘idan ajralib tursa, demak uni yuvadigan payt kelibdi!

💥 @LATIFALARUZ 💥
Manba: © www.latifa.uz sayti.
LATIFALAR.UZ
2018-10-08 

10 kg ozishdan koʻra 130 grammga ozish juda ogʻriqli boʻlishini bilasizmi )))

💥 @LATIFALARUZ 💥 | www.latifa.uz
LATIFALAR.UZ
2018-10-08 

Bir odamni yong‘in paytida ikkita qulog‘i ham yonib ketibdi.

O‘ylab-o‘ylab, oxiri boshqa quloq qo‘ydiradigan bo‘libdi. Unga operatsiya qilib boshqa quloq o‘rnatishibdi. Hammasi yaxshi chiqibdi. Kunlardan bir kun u doktorga qo‘ng‘iroq qilibdi:
— Doktor, nima menga ayollar qulog‘ini o‘rnatdingizmi? - debdi.
— Nima qildi biror muammo bormi? Mana yaxshigina eshityapsiz, - desa,
— Eshitganda yaxshigina eshitaman. Lekin hech nimani eslab qola olmayman. Bittasidan kirib, ikkinchisidan chiqib ketyaptida, - dermish.
💥 @LATIFALARUZ 💥
Manba: © www.latifa.uz sayti.
LATIFALAR.UZ
2018-10-08 

Ikki dugona do‘konga kiribdi. Birinchi qiz Yogurt sotib olibdi-da, shu zahoti ustidagi qopqog‘ini ocha boshlabdi.

Buni ko‘rgan ikkinchisi:
— Esing joyidami? Loaqal kassani yonigacha bormaysanmi?! - desa, haligi qiz:
— Ahmoqmisan? Mana, qopqog‘ini ustiga "Shu yerdan oching" deb yozib qo‘yibdi-ku!?, - dermish.
💥 @LATIFALARUZ 💥
Manba: © www.latifa.uz sayti.
LATIFALAR.UZ
2018-10-08 

Qadimgi Xitoylik donishmanlardan biri shunday degan ekan:

并应任命一名代表的人 数的选举结果副手。选举的结果已经成为最新的直接,最新的直接,虽然由理事会任命 的长老
Uni fikriga to‘liq qo‘shilaman. Bu haqiqat! Ayniqsa, mana bu gapi juda ta’sirli ekan:
最新的直接
💥 @LATIFALARUZ 💥
Manba: © www.latifa.uz sayti.
LATIFALAR.UZ
2018-10-08 

Bir ayol e’lonlar agentligiga murojat qilibdi: — Iltimos saytingizga e’lon joylashtirsangiz.

Kuchuk bolasi yo‘qolib qoldi. U hali juda-yam kichkina...
— Surati bormi?
— Ha, mana!
— Axir bu erkak kishini rasmi-ku...?
— Bu meni erim. Yo‘qolgan kuchukchamiz uning qo‘llarida turibdi. Yaxshilab qarang, ko‘rasiz!
💥 @LATIFALARUZ 💥
Manba: © www.latifa.uz sayti.
LATIFALAR.UZ
2018-10-08 

2 ta student yotoqxonada turadigan bo‘libdi. Biri qiz, biri o‘g‘il bola ekan.

Xonaga kirib qarashsa, xonada bitta karavat bor ekan.
Bola:
— Bir karavatga ikkalamiz, qandoq yotamiz man ketaman, - desa
Qiz:
— O‘rtamizga yostiq qo‘yib yotamiz, debdi
Ertasi kuni kinoga tushmoqchi bo‘lishibdi, borishsa bitta bilet qolgan ekan. Biletni bola qizga berib, siz eshikdan kiring debdi.
Shunda qiz:
— Siz kirmiysizmi, - desa
— Man devoldan oshib o‘taman, - debdi
Shunda qiz:
— Yostiqdan o‘ta olmadiz, devoldan qanaqa qilib o‘tasiz, dermish
💥 @LATIFALARUZ 💥
Manba: © www.latifa.uz sayti.
LATIFALAR.UZ
2018-10-08 

Soat do‘konida: — Mana shu soatni xarid qiling! Bu Shveysariya soatlarining aynan nusxasi!

— Mayli bering! Mana sizga AQSh dollarining aynan nusxasi!
💥 @LATIFALARUZ 💥
Manba: © www.latifa.uz sayti.